San-Paulu
San-Paulu — Braziliyaning Jan. Sharqiy qismidagi shahar, Tete da- ryosi vodiysida. SanPaulu shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 10,4 mln. kishi (2000). Atrofidagi 37 ta yo’ldosh shahar b-n katta S.P. aglomerasiyasini tashkil qiladi. Transport yo’llarining yirik tuguni. Mamlakatning muhim savdotaqsimot markazi. Kofe bozori. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mam- lakatning muhim sanoat r-ni (i.ch.ning va sanoatda band aholining 2/5 qismi) markazi. Qora va rangli metallurgiya, metallsozlik, avtomobil va samolyot- sozlik, elektrotexnika, kimyo va rezi- natexnika sanoati korxonalari, asosan, shahar atrofida joylashgan. S.P.da oziq- ovqat, tamaki, to’qimachilik, tikuvchilik, ko’npoyabzal, mebel, oynakeramika, at- torlik va farmasevtika sanoati korxo- nalari mavjud. Metropoliten qurilgan. 3 un-t, muzeylar, sport inshootlari bor. Shaharga 1554 y.da asos solingan. 1822 y.da shaharda Braziliya mustaqilligi e’- lon qilingan.