Sanchiq
Sanchiq — qorin bo’shlig’i a’- zolari kasallanganda to’satdan paydo bo’ladigan og’riq xuruji. Bunda shu a’- zolar muskullari uzok, vaqt qisqarishi natijasida qisilish vujudga kelib, kuch- li og’riq kuzatiladi. Ichak, jigar, me’da osti bezi, buyrak S.lari farq qilinadi. Ko’proq ichak sanchig’i uchraydi. Badhazm ovqatlarni ko’p iste’mol qilish, ichki a’zolardagi yallig’lanish jarayonlari, operasiyalardan keyin hosil bo’lgan chandiq, gijjalar bo’lishi, ichakda achish va bijg’ish jarayonlari- ning kuchayib, el to’planishidan pay- do bo’ladi. Ko’richakning chuvalchangsi- mon o’simtasiga xos soha va to’g’ri ichak sanchig’i tafovut qilinadi. O’simtaga xos soha sanchig’ida qorinning pastki va o’ng tomonida kuchli og’riq bo’ladi; to’g’ri ichak sanchig’ida teztez takrorlanib tu- ruvchi og’riq, ich kelishiga soxta moyil- lik kuzatiladi. Ichak sanchig’i ko’ngil ay- nishi, qusish, qorinning dam bo’lishi va devorining taranglanishi, to’lg’oqsimon og’riq b-n kechadi. Jigar sanchig’ida og’riq qovurg’a osti sohasida paydo bo’lib, qorinning yuqori qismiga, o’ng kurak suyagi osti- ga tarqaladi. Og’riq xurujlari og’iz qaqrashi va achchiq taxir maza sezilishi, ko’ngil aynishi, qusish, gavda t-rasining ko’tarilishi b-n o’tadi. Bu — bir necha minutdan bir necha soatgacha davom etishi mumkin (q. O’ttosh kasalligi). Me’da osti bezi sanchig’ida bel og’rib, orqaga ham tarqaladi (q. Pankreatit). Buyrak sanchig’ida qorin va bel sohasida kuchli og’riq paydo bo’lib, chov va jinsiy a’zolarga tarqaladi, bemorning tez- tez siygisi qistab, siyganida achishib og’riydi. Og’riq kuchliligidan bemor “o’zini qo’ygani joy topolmay qoladi”. Bu xurujlar ko’pincha og’ir jismoniy ish qilgandan keyin, transportdagi sil- kinish, chayqalishdan so’ng kuzatilishi mumkin. Kuchli og’riq xurujlari vaqtida vrach chaqirish, u kelguncha og’riq qoldiruvchi dorilar ichirmaslik, issiq qilmaslik lozim.