Sandal
Sandal-mahalliy isitish vositasi. O’tmishda O’rta Osiyoda, shuningdek Afg’oniston, Eron, Turkiya va boshqa Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Sandal uchun xonaning bir chetiga chuqurcha qazib, ichi maxsus shaklda ishlanib suvalanadi. Unga kursi (xontaxta) o’rnatilib, usti ko’rpa bilan yopiladi. Ko’mir yoki saksovul cho’g’i bilan isitiladi.