Sanggardak, Sankarda
Sanggardak, Sankarda — ilk o’rta asrlarda Kesh viloyatiga qarashli rustoq va shahar nomi. S. shaxri San- gardakdaryonknt o’rta oqimi vodiysi- da, Chag’oniyon poytaxti (hoz. Denov)dan 30— 35 km masofada, hoz. Sangardak kishlog’i o’rnida bo’lgan. Bu qishloqning eski markazi hozirgacha “Xondiza” deb ataladi, bu uning ko’hna qishloq ekanli- gidan dalolat beradi. Sug’dcha “diza” — qal’a so’z bo’lagi borligi uni ilk o’rta asrlarga oidligini bildiradi. Qishloq yaqinidagi o’rta asr qabristonini S. da- ryosi yuvib ketgan. 19-a.da S. aholisining asosiy mashg’uloti chorvachilik bo’lgan. Yozda aholi daryoning o’ng qirg’og’i bo’yidagi bog’larga chiqib, o’tovlarda yashaganlar. O’rta asrlarda S. shahri shu nomdagi rustoqning ma’muriy markazi bo’lgan. Ibn alAsirning yozishicha, S. rustoqida Muqannaning qal’asi joylashgan. 19-a. oxirida Yurchi qishlog’i qarshisidagi tog’ qoyasining nomi “sana” yoxud “sanam” atalib, bu tog’larda shu nomdagi qishloq ham bo’lgan. Ad.: Kamal idd i Nov Sh. S, Istori- cheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxa- ristana po araboyazichnim istochnikam IX — nach. XIII vv., T., 1996.