Sankxya
Sankxya (sanskritcha, aynan — son, hisoblash) — hind falsafasidagi 6 ortodoksal (vedalarni e’tirof etuv- chi) tizimdan biri. Taxm. mil. AV. 7-a. da donishmand Kapila asos solgan. U “Sankxya Sutra” asarini yozgan, lekin bizgacha etib kelmagan. S. 3-4-a.lardan 8-9-a.largacha rivojlangan (klassik S. deb atalgan). S. ta’limotiga ko’ra, olam asosida 2 ibtido — prakriti (materiya) va Purusha (ruh) yotadi. Prakriti barcha narsalarning asosini tashkil etuvchi moddiy substantsiya bo’lib, u adabiy va bir butundir. Uning boshi ham, oxiri ham yo’q. U hech kim tomonidan yaratilgan emas. Purusha — ruhiy substantsiyadir. U passiv, hech narsani yaratishga qodir emas. Tabiatdagi barcha hodisalar satva (ong), Rajas (faollik), tamas (passiv- lik) deb ataluvchi uchta kuch (guna)ning o’zaro munosabatiga bog’liqdir. S. ta’li- Moti vaysheshika, n’yaya, mimansa ta’li- motlariga ta’sir ko’rsatgan.