Sanoat kapitali

Sanoat kapitali – sanoat sohasiga qo’yilgan va shu sohada ish- latiladigan kapital. Tarixan S.k. qishloq xo’jaligi, savdo, sudxo’rlikaa qo’llanilgan kapitalning sanoatga ko’chishi natijasida paydo bo’lgan. Sa- noatdagi iqtisodiy resurslarning tar- kiban har xil bo’lishi sababli S.k. 2 qismga — asosiy kapital va aylanma kapitali bo’linadi. Bu qismlarning nisbati sanoat i.ch. xususiyatlariga qarab farklanadi. I.ch.ning kapital sig’imi katta bo’lgan tarmoqlarda, mas, mashi- nasozlik va konchilikda asosiy kapital hissasi, qimmatbaho xom ashyo va butlov- chi qismlarni ishlatuvchi tarmoqlarda (zargarlik, elektronika va b.) aylanma kapital qissasi yuqori bo’ladi. S.k. doi- raviy harakat qiladi. S.k.ning doiraviy aylanishi pul shaklida (P) boshlanadi va bu pulga bozordan zaruriy resurelar sotib olinib, korxonada qo’llanilganda i.ch. omillariga aylanadi, ular yordami- da tovarlar yaratiladi, S.k.ning qiymati tovar (T) shakliga kiradi. Tovarlar bo- zorida sotilgandan keyin tovar qiymati tovar shaklidan pul shakliga (IT) aylana- Di va P’ dastlabki P.dan katta bo’ladi. S.k.ning doiraviy aylanishi shunday davom etadi va i.ch.ning uzluksizligi ta’minlanadi. S.k. o’z doiraviy aylani- shi natijasida foyda yaratadi, bu foyda- ni uning egasi tadbirkorlik daromadi shaklida oladi. Foydaning bir qismi kapitallashadi, ya’ni investisiyaga ayla- nib S.k.ga qo’shiladi va uning o’sishi yuz beradi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida mono- iolmyalarning paydo bo’lishi natijasida S.k. bank kapitali b-n qo’shilib ketdi va moliya kapitali vujudga keldi (q. Kapi- tal, Moliya kapitali, pul kapitali). Ahmadjon O’lmasov.