Sanoat to’ntarishi
Sanoat to’ntarishi, sanoat inqilobi — qo’l mehnatiga asoslangan manufaktura sanoatidan mashinalashgan yirik industriya (fka, zd)ga o’tish jara- yonini ifodalovchi iqtisodiy va ijti- moiy-siyosiy o’zgarishlar tizimi. Bu tu- shuncha 19-a.ning 2-yarmida A. Toynbi to- monidan kiritilgan. St. ishlab chiqarish mashinalarining ixtiro qilinishi va qo’llanilishi b-n boshlandi, mashinalar- ni mashina tomonidan i.ch., ya’ni mashina sanoati (og’ir sanoat) paydo bo’lishi b-n yakunlandi. St. faqat texnikaviy emas, balki ijtimoiyiktisodiy burilishdir, chunki u kapitalistik munosabatlarning to’la shakllanishiga olib keldi. Manu- faktura mashina industriyasining paydo bo’lishi uchun shartsharoit yaratib berdi. St. qator mamlakatlarda kapitalizm- ning sanoatdagi ma’lum rivojlanish bosqichini ifodalovchi umumtarixiy hodisa hisoblanadi, ammo manufaktura- dan yirik mashina industriyasiga o’tish shartsharoitlarining etilishi jahon mamlakatlarida nihoyatda notekis kech- gan. St. 18-a.ning 60y.laridan dastlab Buyuk Britaniyada boshlandi. Bu mamla- katda 17-a.da yuz bergan burjua inkilobi yangi jamiyat rivoji uchun keng yo’l ochdi. Angliyaning keng mustamlakachilik tizi- mi ham S.t.ga katta ta’sir ko’rsatdi, mu- stamlaka boyliklari sanoatga qo’yildi. St. barcha mamlakatlarda engil sanoatda boshlanib, og’ir sanoatning shakllani- shi b-n yakunlangan. Angliyada ham dast- lab yigiruv, keyinroq to’quv mashinasi ixtiro kilindi va ipgazlama korxona- larida qo’llanildi va sanoat rivojida mashinalar davrini boshlab berdi. Ma- shinalar soni o’sishi metallga bo’lgan talabni keskin oshirdi. Metallurgiyada yangi usulda cho’yan va po’lat olish rivoj- landi (domna pechlari). Mashinalarning katta ish tezligi yangi energiya manbai- ni talab etdi (avvalgi energiya qo’l, oyoq kuchi, oqar suvlar). 1780— 1820 y.larda to’qimachilik sanoati hajmi 16 martadan ortiq o’sdi. To’kimachilik sanoatida bosh- langan bu o’zgarishlar jun, kanop, ipak sanoatiga ham o’tdi. Bug’mashinasining ixtiro qilinishi sanoat energetikasida burilish nuqtasi bo’ldi. Sanoat rivoji, bozor aloqalarining yanada kengayishi transport vositalarini takomillashti- rishni talab etdi. 19-a.ning birinchi cho- ragida (1811) bug’dvigateliga asoslangan eng arzon va qulay paroxod transporti ishga tushdi, 1814 y. J. Stefenson Pa- rovozni ixtiro qildi. 1825 y.dan temir yo’llar ishlay boshladi. 19asrning 20-30 y.larida ma- shina industriyasi manufaktura va hunarmandchilik ustidan to’la g’alabaga erishdi. Angliya yirik industrial mam- lakatga, ya’ni “dunyo ustaxonasi”ga aylan- Di. Angliyada boshlangan st. keyinchalik baynalmilal Tue oldi. Bu jarayon Angli- yadan keyin Frantsiyada (Buyuk frantsuz inqilobidan so’ng) boshlandi, ikkala davlat jahonda etakchi o’rinni egalladi. 19-a.ning 60y.larida Italiya, Germaniya, AQSh, Rossiya va Yaponiyada ham yirik sanoatning rivojlanishi tezlashdi. 19- a. oxirida AQSh va Germaniya jahonda etakchi o’rinni egalladi. Sanoat sohasida i.ch. mashinalar ti- zimiga ko’chganidan keyin etakchi mam- lakatlarda q.x. ham to’la mexanizasiya- lashtirildi. St. ko’pgina (ayniqsa, mu- stamlaka) mamlakatlarda ancha keyin ro’y berdi. St. ob’ektiv, ko’p jihatdan stixi- yali rivojlanish oqibati bo’lib, birin- chidan, iqtisodiyotning keskin o’sishiga olib keldi, yirik sanoat etakchi o’rniga chikdi, ikkinchidan, yirik sinfiy va ijtimoiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Feodal va yarim feodal munosabatlar emirildi, kapitalizm tizimi uzilkesil karor topdi. Ad.: Ekonomicheskaya istoriya, M., 1967; chet el kapitalistik mamlakatla- rining iqtisodiy tarixi, T., 1976. Abduxalil Razzoqov, Erlis Aliqulov.