Saraxs, Seraxs
Saraxs, Seraxs — Turkmanistondagi Tajan daryosi vodiysida joylashgan shaharcha: Aholisi 10,2 ming kishi (1991). Gilam ishlab chiqarish va b. rivojlangan. Qad. S shahar xarobasi mil. AV. 1ming yillikkaoid. 10-a.dagi S.ni eski Shahar xarobalaridan maydon ajratib turgan. Islomiyatdan avvalgi S.ning kattaligi haqida ma’lumotlar saqlanmagan. Arab xalifaligining dastlabki asrlarida S. garchi Marvdan 2 barobar kichik bo’lsada, ancha yirik shahar sanalgan. Arab tarixchilaridan Ya’qubiyning yozishicha, S.da kanal, buloklar bo’lmagan, aholi quduqlardan suv ichgan; boshqa xabarlarga ko’ra esa kanal bo’lgan, uning to’g’oni shahardan 2 farsax olisda joylashgan. Maqdisiyning yozishicha, kanal shaharni o’rtasidan kesib o’tgan. Shaharning ancha obod ekanligini uning qulay savdo yo’lida joylashganligi b-n izohlash mumkin. S.da Nishopurdan Hirot va Marvga boradigan yo’llar tutashgan, shu tufayli S. birmuncha harbiy (Hofizi Abru uni kuchli qal’a deydi) va sanoat ahamiyatiga (yoqut Hamaviyning yozishicha, S.da chachvon va sallalar mohirona tayyorlangan) ega bo’lgan. O’rta asrlarda S.da ilm-fan, madaniyat, savdo, hunarmandchilik ancha taraqqiy etgan, ko’plab olimu fuzalolar etishib chiqqan. S.dagi me’moriy obidalardan Abul Fazl maqbarasi (taxm. 1024 y.). S. dan 9 km Jan.sharqsa Yortigumbaz maqbarasi (1098) saqlangan. Tajansaraxs t. y.ning qurib bitkazilishi (1996) shaharning e’tiborini oshirdi. Bu yo’l orqali yaqin Sharq mamlakatlariga chiqish imkoniyati paydo bo’ldi.