SARGARDON VOLFRAM-QALAY KONI
SARGARDON VOLFRAM-QALAY KONI — Toshkent viloyatida, Chatqol ru- Dali r-nidagi kon. Zaxiralari kam bo’lsa ham lekin tarkibi boy rudali konlarga kiradi. Kon quyi karbon davriga man- sub karbonat jinslari va ularni yorib chiqqan granit intruzivlari, kvarsli porfir va sienit porfir daykalaridan tarkib topgan. Karbonat jinslari, aso- san, ohaktosh, bir oz dolomit va dolomit- li ohaktoshlardan iborat. Kon intruziv massivining ichki kontakt zonasida joy- lashgan bo’lib, kvarsgreyzenli vertical tomirlardan tashkil topgan. Tomirlar- ning qalinligi bir necha m, uz. 100 m gacha. Greyzenlanish granitlardagi dala shpatlarining kvars va muskovit b-n al- mashuvidan iborat. Kondagi asosiy ruda volframit va kassiteritdir. Ruda b-n birga kvars, flyuorit va muskovit, bir oz xalkopirit va pirit, ba’zan oltin uchraydi. Istiqbolli konlardan biri.