SARHAD
SARHAD — Eronning Janubiy Sharqiy qismidagi yassitog’lik. Sharqiy Eron tog’lari tarkibida. Uzunligi 400 kilometr chamasida, eni 200 kilometrgacha. O’rtacha balandligi 2500— 3000 metr, ularni ajratib turuvchi keng botiqlarning balandligi 1500 metr, eng baland joyi — 4042 metr (Taftan vulkani). Tog’ dashti va chala cho’l o’simliklari o’sadi. Yotiq yon bag’irlarida dehqonchilik qilinadi. Buyurtma qo’riqxonalar tashkil etilgan.