Saritosh – qorovulbozor gaz-neft koni

Saritosh – qorovulbozor gaz-neft koni — Buxoro viloya- ti, Kogon t.y. stantsiyasidan 30 km Jan. sharqsagi kon. O’zaro bog’liq 2 struktura- da joylashgan. Ularda gazlilik chegarasi umumiy, shunga ko’ra bu kon birgalikda tavsiflanadi. Kon 1963 y. foydalanish- ga topshirilgan. Qorovulbozor antiklinali kenglik bo’yicha cho’zilgan bo’lib, asimmetrik ko’rinishga ega, uz. 10 km, eni 3-4 km. Struktura 2 yoriq b-n kesilgan, ulardan biri Jan. qanotdan o’tadi va paleozoy yotqiziqlari bo’yicha amplitudasi 150 m li, ikkinchisi shim. qanotdan o’tib amplitudasi 50 m gacha bo’lgan tashlama- uzilmani hosil qiladi. Saritosh anti- klinali Qoravulbozor antiklinalidan g’arbjan.g’arbda joylashgan. U ham Asim- metrik braxistruk turadan iborat, uz. 10-12 km, eni 6-8 km. Shim. Qanotidan amplitudasi 25— 30 m dan 60 m gacha bo’lgan tashlamauzilma o’tadi. S.Q.g.k.da jami 38 ta quduq qazilgan. Paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari ochilgan. Mahsuldor go- rizontlar yura davri yotqiziqlaridagi ohaktoshlar, bo’rqumtosh, gravelit, chig’anoqtoshlarda ajratiladi. Sa- noat ahamiyatiga molik gaz uyumlari Qoravulbozor strukturasida 12 va 13 (neokomapt) hamda 15 va 15agorizontlar- da (kelloveyoksford), Saritosh struktu- rasida 15gorizontda uchraydi. 12 a. gorizontda gaz uyumi 950-1000 m chuqurlikda ochilgan, qalinligi 31 — 40 m, qumtosh jinslarning g’ovakligi 13%. Uyum qatlam, gumbaz tipiga man- sub. 13gorizont alevrolit, gil jin- slari b-n qavatlangan har xil zarrali qumtoshlardan iborat. Qalinligi 70— 100 m, foydali qalinligi 15 m gacha. Jinslarning g’ovakliligi 14,3—15,8%. Uyum o’lchami 3,5×0,9 km. Gaz uyumi sa- ritosh strukturasida 1200-1250 m chuqurlikda ochilgan. Qorovulbozor va Saritosh strukturalari qubbasida kichik neft xoshiyasi mavjud. Kon suv bosimli rejimda ishlatiladi. Kondagi qatlam bosimi va t-rasi 10,2 MPa va 47°. Gaz tarkibi (hajmiga nisbatan % da): metan — 90,5; karbonat angidrid gazi 0,2%, azot 3,8%, zichligi 0,629—0,641 g/sm3, gaz debiti 35 ming m3/sutka. Neft zichligi 0,776— 0,840 g/sm3, oltingugurt 0,32%, asfaltenlar 0,018—0,72%, aktsiz smolasi 2-32,5%, parafin 0,92—1,54%, koks 3,54%. Engil fraktsiyalar mikdori (3000 gacha) 0,86%. Neft debiti 2,6 t/sutka. Qatlam suvlari (13gorizont) zichligi 1,003—1,014 g/sm3, minerallashganligi 190,46—203,4 mg/l, yod miqdori 2,1—8,4 mg/l, brom 16,8— 60,0 mg/l. Suv tipi xlorkaltsiyli. Hoz. vaqtda kondan foydalanilmoqda.