SaroyBerka

SaroyBerka, yangi saroy Oltin O’rdattg poytaxti. Berkaxon tomonidan bunyod etilgan (taxm. 1260). 14-a.ning 1-yarmida ravnaqtopgan. S.B. nafaqat Oltin O’rda, balki butun o’rta asr evro- pasining eng katta shaharlaridan biri sifatida Shuhrat topgan. 1333 y. S.B.ga kelgan Ibn Battutaning guvoxlik beri- shicha, S.B. kaftday tekislikda qurilgan shaharlar sirasiga kirib, odamlar b-n to’la bo’lgan, ajoyib bozorlari, keng ko’chalari kishini hayratga solgan. S.B.ning aholisi 75 ming kishi atrofi- da bo’lib, ular mo’g’ul, Alan(OS), qipchoq, cherkas, rus hamda vizantiyaliklardan iborat bo’lgan. Shaharda hunarmandchilik ustaxonalari,turli tuman korxonalar, savdosotiq rastalari, karvonsaroylar ishlab turgan. Shaharning butunlay xa- Robaga aylanish vaqti haqida aniq ma’- lumot yo’q. Sharq va G’arbni bog’lovchi Buyuk ipak yo’lida joylashgan S.B.ning ko’pdan ko’p binolari rus podshosi Fedor Ivanovichning 1578 y.dagi farmoniga ko’ra, buzilgan va Astraxon sh. qurilishi uchun ishlatil- gan. Xarobalari Volgograd viloyatida- gi Tsarev qishlog’ida saqlangan. S.B.da A.V.Tereshchenko (1843-51), F.B.Ballod (1922), g.A.Fyodorovdavidov (1959 — 67) qazish ishlari olib borishgan. Ad.: Fyodorovdavidov G.A., Obtshe- stvenniy stroy Zolotoy ordi, M., 1973; Egorov V.L., Istoricheskaya geografiya Zo- lotoy ordi v XIII—XVI vv., M., 1985. Hamidulla Dadaboev.