Sartr (Sartre) Jan Pol

Sartr (Sartre) Jan Pol (1905.21.6 Parij — 1980.15.4) — frantsuz yozuvchi- si, faylasuf va publisist. Frantsuz ek- zistentsializmi namoyandasi. 1941-44 y.larda Frantsiya qarshilik ko’rsatish harakatida qatnashgan. S.ning siyosiy- mafkuraviy qarashlaridagi ziddiyat va o’zgarishlar uning “holatlar” nom- li 9 ta kitobida ko’rsatilgan. 1952 y. tinchlik tarafdorlarining harakatiga qo’shilib, kolonial tuzum va irqchilikka qarshi ma’ruzalar o’qigan. Sosialistik mamlakatlarni qo’llab-quvvatlagan. 1952 y. Vengriya voqealaridan so’ng S.ning Sovet davlati va umuman sosialistik mamlakatlarga bo’lgan munosabati ke- skin o’zgargan. S.ning idealistik falsa- fasi inson mavjudligining taxliliga qaratilgan ateistik ekzistentsializm- ning ko’rinishi bo’lgan. S. inson va ta- biat o’rtasidagi tafovutni insonning mavjudligi va o’z oldidagi majburiyat- lari doirasidan chiqib keta olmasligi- ga bog’laydi. S.ning inson ma’naviyati va moddiy olam o’rtasidagi tafovutni engishga qaratilgan harakatlari aslida antropologiya va psixoanalitik usullar- ning yig’indisidan iborat. O’zining na- fosat va adabiyotga bag’ishlangan “adabi- yot nima” (1947), “Bodler” (1947), “Avliyo Jene, masxaraboz va jafokash” (1952) kabi asarlarida S, ozmoz bo’rttirib bo’lsa ham, yozuvchining hoz. zamon tari- xida ro’y berayotgan barcha hodisalar uchun javobgar ekanligini qat’iy ta’kidlab o’tgan. “Ko’ngil aynash” (1938), “devor” (1939), “Ozodlik yo’llari” (1945— 49), “Yopiq eshik ortida” (1945), “Iblis va Xudo” (1951), “Altona mahbuslari” (1960) kabi asarlarida falsafiy FIK- rlarini hayotiy tajriba b-n, afsonani jurnalistlarga xos bo’lgan realistic qarashlar b-n birlashtirishga harakat qilgan. S.ning ijodi Frantsiya va b. mamlakatlarning ma’naviy hayotiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Nobel mukofoti laureati (1964).