Saxaroza

Saxaroza (hindcha sakkhara — qum, shakar qumi) — disaxaridlar guruhiga mansub uglevod, S12N22OP, rangsiz kristall modda. Molekulyar modda 342,296. Fotosintezda o’simlik barglarida hosil bo’ladigan qand. Saxaroza barg shirasi bilan birga poya, meva va ildizga oqib tushib to’planadi. Saxaroza qand lavlagida (20-24% gacha) va shakarqamish poyasida (26% gacha) bo’ladi. Suyuqlanish temperaturasi 185— 186°; 200° dan yuqori trada parchalanadi, suvda yaxshi, spirtda yomon eriydi. Asosan, oziq-ovqat sanoatida, shuningdek, sirt faol moddalar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi.