Sayfi
Sayfi Qudash (taxallusi; asl ism-sharifi Qudashev Sayfi Fattaxo- VICh) [1894.21.9 (3.10) Boshqirdiston Respublikasi, chishma tumani Klyashevo qishlog’i -1994] — Boshqirdiston xalq shoiri (1964). Ufadagi “Oliya” madrasa- sida tahsil kurgan. So’ng Qozog’istonda o’qituvchi bo’lib ishlagan. Ijodi 1913 y.dan boshlangan. Dastlabki she’rlari- da boshqird xalqi chekkan azobuqubatlar tufayli mustamlakachilarning zulm va zo’ravonligiga qarshi norozilik (“Men yashagan muhit”, “dunyo”, “ka- Chon tugaydi?”va b.), haqsizhuquqsiz xotin-qizlar qismatiga xayrixohlik (“Salima”, “bechora Muslima” va b.) ohanglari o’z ifodasini topgan. “Ozod- lik qo’shig’i” (1917), “omoch qo’shig’i” (1926), “kurash qahramoni” (1928), “Respublika kuylaydi” (1940), “chin qalbdan” (1944), “sevgim” (1956), “Yaproqlar to’kilganda” (1960), “Me- ning bog’chamda” (1964), “she’rlar” (1974) singari hayotsevarlik g’oyalari b-n sug’orilgan she’riy to’plamlar, boshqird xalqining sovet davridagi hayotini tas- virlashga bag’ishlangan “chamanzorda” nida” (1920), “xat” (1930) dostonlari, “Qo’shqayin” (1936) she’riy romani va “Yoshlik izidan” (1964) xotiralar Kito- bi muallifi. “Bahorni qarshilaganda” tarixiy biografik qissasi (1954) A. To’qay va M. G’afuriyning do’stligi ta- rixiga bag’ishlangan. “Xotirga kelgan daqiqalar” kitobi (1957) ushbu qissaning davomi bo’lib, undan Boshqirdiston, ta- tariston va Qozog’istonning 1910-30 y.lardagi adabiy hayotiga oid xotira- lar o’rin olgan. S Q. G’afur G’ulom kabi o’zbek shoirlari b-n yaqin ijodiy aloqada bo’lgan. Ayrim she’rlari o’zbek tiliga tarjima qilingan.