Sayido Nasafiy
Sayido Nasafiy (taxallusi; ismi Mirobid) (1637—Nasaf — 1710) — shoir. Buxoro madrasalarida o’qigan. To’quvchilik b-n kun kechirgan. Turdi b-n yaqin do’st bo’lgan, uning ta’sirida ijodi kamolga etgan. Dastlab asarla- rida ashtarxoniy hukmdorlarni madh etgan, ularga madhiyalar yozgan. Lekin ijtimoiy tengsizlik, adolatsizliklar mohiyatini tushungach, madhiyabozlikdan uzoklashgan. Asarlarida jabru zulmga qarshi norozilik asosiy o’rinni egalla- gan. “Shaxr oshub” manzuma sida 212 xil kasb-hunar egasi haqida fikr bildir- gan, hunar axlini ulug’lagan. “Bahoriyot” (“Hayvonotnoma”) majoziymunozara asarida, ayrim g’azallarida o’z davri- ning ijtimoiy-siyosiy muqiti tanqid qilingan. Asarlari nafis, sodda tilda yozilgani uchun tez ommalashgan. Ad.: Ravshanov P., Adabiy sahifalar, T., 1985.