Sayohatnoma

Sayohatnoma — badiiy adabiyot- dagi janr. Sayohat taassurotlari va taf- silotlari tasviriga bag’ishlangan asar. S.larning tarixiy-badiiy qimmati mu- allif maqsadi, uslubi va mahoratiga bog’liq. Adabiyot tarixida sayohat taas- surotlarining nasriy va she’riy tas- viridan iborat o’nlab asarlar mavjud. Nasriy S.larda joy va voqealarning izchil tafsiloti etakchi o’rin tutsa, she’- riy S.larda tasvir ixcham va umumlashma xarakterda bo’ladi. Nosir Xucpaewm “Safarnoma”si bu janrning dastlabki namunasi bo’lib, unda 7 yillik sayohat taassurotlari nasriy yo’l b-n bayon qilingan. O’zbek adabiyoti tarixi uchun, asosan, she’riy S.lar xarakterlidir. Mac, Muqimiynnnt murabba’shaklida yozilgan “Sayohatnoma”si g’oyaviy-badiiy xususiyatlari b-n bu janrning Origi- nal namunasi x,isoblanadi. Nodimning Samarqand va Toshkentga qilgan safari natijasida yuzaga kelgan S.si esa qasida shaklida yozilgan. Hoz. davr adiblari va publisistla- rining turli mamlakatlarga qilgan sa- farlari natijasida qam bir qator na- sriy S.lar yuzaga keldi. Ular uslubida ocherk va publisistika uchun xarakterli xususiyatlar ko’proq. Mac, Oybekning “Pokiston taassurotlari” asarida S. mavzuining kengayganligi, bayon va tas- vir shakllarining o’ziga xosligi ko’zga tashlanadi.