SAYYOR SYUJETLAR NAZARIYASI

SAYYOR SYUJETLAR NAZARIYASI, migrasion nazariya — xalq og’zaki poetik ijodidagi nazariya. O’zlashtirish nazariyasi deb ham yuritiladi. 1859 y.da nemis faylasufi, Gyottingen un- tining prof. T. Benfey (1809-1881) asos solgan. Rossiyadagi tarafdorlari: A. N. Pipin (18331904), V.F. Stasov (1824-1906) va b. S.s.n. turli xalqlar folkloridagi syujet, motiv, uslub va obrazlardagi o’xshashliklarni og’zaki va kitobiy yo’l b-n bir yoki bir necha man- badan tarqalgani b-n izohlab, ularni bir xalqdan ikkinchi xalqning shuncha- ki o’zlashtirishi deb, bir yoklama talqin qilgan. Bu nazariya tarafdorlari Evropa va b. xalqlar ertaklarining hind erta- klariga o’xshashligiga tayanib, ularning asosida “Gipopadesha” va “Panchatan- tra” nomli qad. hind to’plamlari yotadi, degan xulosaga kelganlar. Aniq faktlar- ga asoslanish, folklor asarlarining tarqalish arealini o’rganish, syujet va motivlarning har bir xalq tomonidan qayta ishlanishini qayd etish, xalqlar o’rtasida o’zaro madaniy aloqalarning mavjudligini ta’kidlash S.s.n.ning yutuklari bo’lgan. Ammo har bir xalq ijodidagi folklor asarlarining faqat boshqa, nisbatan qadimiyroq xalqlar po- etik ijodining ta’siri, deb ko’rsatish mazkur xalqlarning milliy yutuklari- ni, ijod qobiliyatini inkor qiladi. Bu kamchilikni antropologik maktab ta- rafdorlari ma’lum darajada tuzatdi- lar.