Sayyor teatr

Sayyor teatr — o’zining doimiy sahnasiga ega bo’lmagan, turli joylarga ko’chib yurib spektakllar ko’rsatadigan teatr. Ko’p mamlakatlarda xalq, teatrla- ri (mimlar, gistrionlar, skomoroxlar, jumladan, masxarabozlar, qiziqchilar va b.) sayyor bo’lgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlari Evropa va Amerika mamlakat- larida S.t.lar professional tomosha san’atining alohida shakli sifatida keng tarqalgan. 30y.larda st. ishchiyosh- lar teatri, k-z — s-z teatrlari misolida rivojlandi. 2-jahon urushi yillarida S.t.lar (front teatrlari) qismlarda ma- Daniy xizmat ko’rsatgan. 1918 y. Farg’onada Hamza boshchili- gida tashkil qilinib, 1919 y. O’lka si- yosiy sayyor truppasiga aylantirilgan teatr ham st. edi. U “qizil Sharq” AGIT- poezdi tarkibida Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan, Farg’ona, Qarshi, Chorjo’y, Ashxobod va b. shaharlarda to- moshalar ko’rsatish b-n birga madaniy- ma’rifiy,. targ’ibot va tashviqot ishla- rini ham olib borgan. 60y.larga kelib S.t.lar faoliyati to’xtatildi, ularning ayrimlari viloyat teatrlariga aylan- tirildi, ba’zilari davlat teatrlariga qo’shilib ketdi. S.t.lar faoliyatining hamma bosqichlarida katta siyosiy va ma- Daniy-ma’rifiy rol o’ynagan.