Sayyoralararo muhit
Sayyoralararo muhit — Kuyosh sistemasi sayyoralari orasidagi fazoni to’ldirgan modda. Bunday sayyoralarning tashki atmosferasi, kometalar, Kuyosh tojining quyoshga yaqin qismi, Quyoshdan chiqib turadigan kosmik nurlar S. m. tu- shunchasiga kirmaydi. S.m.da tortish may- doni, magnit va elektrostatik maydonlar mavjud. S.m. zodikal yog’dulanish va Quyosh toji G’va Kkomponentlarida kuzatila- digan hodisalar b-n uzviy bog’liq. Gaz- Simon (neytral va ionlashgan) va qattiq komponentlarga bo’linadi. S.m.ning gaz – Simon aralashmalari Quyosh tojining ionlashgan gazlar oqimidan, sayyoralar atmosferasi gazlari, kometalardan AJ- ralib chiqadigan gaz va protoquyosh gazlar- dan iborat bo’ladi (q. Protoyulduzlar). Er orbitasi b-n Quyosh o’rtasidagi sayyo- ralararo gaz yaxshi o’rganilgan. S.m.ning changsimon komponentlari kometalar, sayyoralar yo’ldoshlari, meteor jismlar, kichik sayyoralar va protoquyosh moddalar- ning evolyusiya mahsulotlaridan tashkil topgan. 20-a.ning 50y.larigacha Quyosh si- stemasi muvozanatlashgan ionizasiya- li stasionar gaz b-n to’lgan deb taxmin qilinar edi. Keyinchalik S.m.ning Di- Namik nazariyasi yaratildi. Unga ko’ra, S.m.ning gazsimon komponenti Quyosh toji moddasining kengayishidan va moddaga ilashuvchi magnit maydonidan iborat. 1958 y.da Quyosh toji moddasi kengayishining matematik nazariyasi yaratilib, unda Quyosh shamoli termini keng qo’llaniladi. Quyosh shamoli ion va elektronlardan iborat bo’lib, elektr jihatidan neytraldir. 60y.lardan boshlab S.m. Er sun’iy yo’ldoshlari va kosmik zondlar yorda- mida muntazam ravishda o’rganilmoqda. Asosan, plazmali zondlar, juda sezgir magnit hamda elektrostatik analizator- lar va magnitometrlar yordamida Kuyosh shamoli zarrasining energetik, umumiy va zaryad spektrlariga oid va b. kattali- klar, Venera va Mars orbitalari orasi- dagi magnit maydoni topografiyasining mikro va makrostrukturasi o’rganiladi, shuningdek, bu kattaliklarning vaqt o’tishi va Quyosh aktivligiga bog’liq holda o’zgarishlari kuzatilib boriladi. Quyosh shamolining tezligi va zichligi radiolo- kasiya usuli b-n tekshiriladi. Quyosh sha- molining o’rtacha energiyasi 15eV bo’lgan elektron komponenti qariyb izotrop burchak bo’yicha taqsimlanadi. S.m.magnit maydoni, asosan, Quyosh shamolining maydonidir. Er orbitasi yaqinida sayyoralararo maydon kuchlan- ganligi 10~4 — 10~5 Gs. S.m. magnit maydoni sektor strukturali: bir sektor- da magnit maydoni Quyoshdan kelayotgan, boshqasida Quyoshga ketayotgan yo’nalishga ega, kuchlanganligi 310~5—5YU”5 Ersted. S.m. magnit maydonining muntazam- ligi turli xil plazma beqarorligining turli xil rivojlanishi, Quyosh chaqnashlari vaqtida hosil bo’ladigan tez zarralar oqimi tarqalishi va zarba to’lqinlarining o’tishi natijasida bu- zilishi mumkin. Quyoshda yuz beradigan har qanday jarayonlar — chaqnashlar, dog’ va protuberantslar hosil bo’lganda, Quyosh kosmik nurlari tarqalganda magnit may- don muhim rol o’ynaydi. S.m.ning chang- li komponenti asteroid va kometalar- ning bo’linishidan buen saqlanib qolgan gazchang bulutlardan iborat bo’lishi mumkin. S.m.ning qattiq komponenti, asosan, mayda meteor moddalardan ibo- rat. S.m.dagi qattiq jism va zarralar- ning ko’pchiligi Quyosh atrofida xuddi ekliptika tekisligiga yig’ilgandek bo’lib harakatlanadi. Quyoshning yorug’lik bosimi va tortishi natijasida kichik zarralar orbitasi astasekin qisqaradi: shuninguchun S.m.ning changli komponen- ti zichligi Quyoshga yaqinlashgan sari or- tadi. 60—70y.lardagi kuzatishlar er atro- fida changli bulutlar bor degan taxmin- ni rad qildi. Changli komponentlarni ulardan spektr olib tekshiriladi. Er sirtini sm. ta’siridan atmosfera va er magnit maydoni muhofaza qiladi (yana q. Sayyoralar). Ad.: Parker E. N., Dinamicheskie Pro- tsessi v mejplanetnoy srede, Per. s angl., M., 1965; Solnechniy Veter, Per. s angl., M., 1968.