Sebzor

Sebzor — o’tmishda Toshkentda- gi daha nomi. Shaharning shim.g’arbiy qismida joylashgan. Toshkentning 4 dahasidan biri. Hududi jihatidan eng kichigi. Chegarasi g’arbdan Sag’bon va Krrasaroy ko’chalarining oralig’idan (hoz. Zarqaynar ko’chasining g’arbidan), Jan. dan Jangob arig’idan o’tgan. Shaharning shim. va Sharq tomondagi mavzelarida (Alvastiko’prik, Hasanboy, Ko’kterak, Boyqo’rg’on, Boltamozor, Gurunchariq va b.) sebzorliklarning dala hovlilari, bog’lari bo’lgan. Toshkentning eng qad. ariklaridan biri — Kaykovus S. hududidan o’tgan. Shayboniylardan Suyunchxo’jaxon tomonidan bunyod etil- gan (1525 y.) Kaykovus chorbog’i uning bo’yida joylashgan. 19-a. o’rtalarida S.da 65 ta mahalla, 3 madrasa (Baroqxon, Mo’yi muborak, Beklarbegi), 78 masjid bo’lgan, shaharning 3 darvozasi (Labzak, Taxtapul, Qorasaroy), Eskijuva bozo- rining katta qismi, asosan, S. hududida joylashgan. Aholisi (1870y.larda 18650 kishi), asosan, hunarmandchilik, shahar tashqarisidagi erlarida dehqonchilik b-n shug’ullangan. Muhammad Solihnchng “Tarixi jadidai Toshkant” asarida S. Hazrat Imom Qaffol Shoshiy dahasi nomi b-n qayd etilgan. S.da Qaffol sho- shiy (Xasti Imom) maqbarasi, Baroqxon madrasasi va b. me’moriy yodgorliklar joylashgan. S. aholisi, ayniqsa, kosibla- ri b-n Shuhrat qozongan, ularning mahsulotlari Turkiston o’lkasining boshqa shaharlariga ham tarqalgan. Aholi, shuningdek, ip gazlama to’qish va chitga gul bosish b-n mashg’ul bo’lgan. Taxtapul, Chuvalachi, Qorasaroy, Yov, Seb- zor va Qoziko’cha mahalla va mavzelari aholisi g’alla ekinlari ham ekishgan; mol jalloblari daha aholisining o’ziga to’q tabaqasini tashkil etgan. Ad.h Malliskiy N.G., Tosh- kent mahalla va mavzelari, T., 1996; Muhammadjonov A., Qadimgi Toshkent, T., 2002. Mashxura Sharipova.