Sekstet
Sekstet (lotincha sexta — oltinchi) 1) olti ijrochi (sozanda yoki xonanda)dan iborat ansambl; 2) shu ansambl ijrosiga mo’ljallangan musiqa asari. Ilk namunalarini italyan kompozitori L. Bokkerini (1743-1805) yaratgan. Cholg’u Sekstet kamer musiqa turi bo’lib, odatda, sonata turkumi shaklida yoziladi(masalan, P. Chaykovskiyning “Florentsiya xotiralari” torli Seksteti). Vokal Sekstetlar, asosan, operada uchraydi (masalan, V. Mosartning “Don Juan” operasidagi Sekstet). O’zbekiston kompozitorlaridan Ik. Akbarov va boshqalar Sekstet yaratgan.