Sel ombori, selxona, sel saqlagich

Sel ombori, selxona, sel saqlagich — sel oqimlarini tartibga solish va hududni sel vayrongarchiligi- dan muhofaza qilish uchun mo’ljallangan gidrotexnika inshooti; seddan himoya vo- sitalarining asosiy turi. S.o. aksariyat soy o’zanlarini to’g’on b-n to’sib barpo qilinadi. To’g’onlar tuproq, qumloqi va shag’alli toshtuproqlar, temirbeton kon- struktsiyalar va b.dan quriladi. Kichik So. sig’imi ming va o’n ming m3, katta- lariniki esa bir necha mln. m3 bo’lishi mumkin. So. sel oqimlarini tutib qoladi, tosh va loyqani cho’ktiradi, tin- gan suvni maxsus suv chiqargich orqali tashlama tarmoqqa o’tkazib yuboradi. Suv chiqargichlar (ochiq yoki yopiq) avtomati- ka b-n jihozlanib, loyqalik darajasi qanday bo’lishidan qat’i nazar, suvni o’tkazib yuborishni ta’minlaydi. Katta muvaqqat oqimga ega bo’lgan soylarda mustaqil suv tashlash yo’liga ega bo’lgan maxsus so. qurilgan (Naman- gan viloyatida sig’imi 3,4 mln, m3 bo’lgan G’irvon, Tojikistonning Sug’d viloyatida 5,6 mln. m3 li O’tkensoy Co.). Uncha kat- ta bo’lmagan soylarda qurilgan kichik omborlar yagona sistemaga birlashtiri- ladi (har bir sistemada 40-50 tagacha S.o. bo’lishi mumkin). Yirik zamonaviy himoya sistemalari o’nlab S.o.ni bir- lashtiradi. Andijon viloyatida 16 dan 42 gacha ombori bo’lgan seldan himoya si- stemasi qurilgan. Ad.h Ismog’ilov X. A., Sel va undan saqlanish, T., 1988.