Selenga

Selenga — Mongoliya va Buryatiyadagi daryo. Ider va Muren daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Uzunligi 1024 kilometr, havzasining maydoni 447 ming km2. Asosan, past tog’lar va sertepa tekisliklardan oqib o’tib, Baykal ko’liga Delta hosil qilib quyiladi. Asosiy irmoqlari: Egiyn-Gol, jida, Orxon, Chikay va b. O’rtacha suv sarfi 900 m3/sek., yoz—kuz oylarida suvi kupayadi. Selenga Baykal kuli havzasidagi eng yirik daryo. Noyabrdan aprelgacha muzlaydi. Selenga havzasida umumiy maydoni 616 km2 ga teng 5,5 mingdan ortiq kul bor. Suxebator shahrigacha kema katnaydi. Selenga buyida Ulan-Ude shahri joylashgan.