Selungur g’ori

Selungur g’ori — Farg’ona vo- diysi So’x tumanidagi qad. manzilgoh. S.G’. Farg’ona sh.dan taxm. 100 km Jan. g’arbida, Haydarkonning g’arbiy chekkasi- da joylashgan. Bu ulkan g’orning chuq. 120 m, kengligi 34 m va bal. 25 m. Arxeologik qazish ishlari 1980 y.dan buyon olib bo- rilyapti. G’orda 20-40 sm qalinlikdagi beshta madaniy qatlam aniqlandi. Ular biron arxeologik qoldiqlarsiz toza qatlamlar (30-100 sm) b-n bo’lingan. Bu shundan dalolat beradiki, ibtidoiy odamlar mazkur g’orda 5 marta yashaganlar va vaqtvaqti b-n o’z maskanlarini uzoq muddatga tark etishgan. Bu erdan tosh qurollar, hayvon suyaklari qoldiqlari va arxantrop tipidagi odam qoldiqlari (10 ta tish va.elka suyagining bo’lagi) ning boy kollektsiyasi topildi. Ushbu kollek- tsiyada qo’l cho’qmori, yirik tosh qirg’ichlar va pichoklar, ko’p miqdorda o’yibkertib ishlangan tishsimon qurollar mav- jud. Ular, asosan, yashma, kremniyli chaqmoqtosh, kremniyli ohaktoshlardan tayyorlangan. Madaniy qatlamlardan 32 turdagi yirtqich, tuyoqli, mayda sut Emi- zuvchi va kemiruvchi hayvonlarning suyak qoldiqdari topilib, tadqiq etiladi. Tadqiqotlar natijasida qad. davr tabi- iy sharoiti, iqlimi xronologik davrini aniqlashga erishildi. S.G’.dan topilgan materiallar kom- pleks o’rganilib, pastki qatlamlarining sanasi 1,5 mln. yil deb belgilana- Di. Bunga qadar O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston tarixi o’rta paleolit dav- ridan (mil. AV. 100 ming yildan) boshla- nardi. O’tkir Islomov.