Semantika

Semantika (Yunoncha semantikos — bildiruvchi, ifodalovchi) — 1) til yoki uning bironbir birligi (so’z, so’zning grammatik shakli, frazeologizm, so’z birikmasi, ran) orqali ifodalanadigan butun mazmun, ma’no, axborot; 2) turli til birliklarining ma’noviy tomonini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi; semasiologiya. Ayrim lugaviy unsurlar tushunchalarni bildiradi, bu tushunchalarni esa faqat to’liq gaplar va ularning qo’shilmalari ifodalashi mumkin. Binobarin, Semantikaning o’rganish ob’yekti ham, asosan, to’liq, mustaqil ma’noli so’zlar va gaplarning ma’nolar tizimidir. Semantika fan sifatida 19-asrning 2-yarmidan rivojlana boshlagan va hozirgacha birbiridan sifat jihatidan farqlanuvchi bir necha bosqichni o’tgan.