Seminariya
Seminariya — o’rta maxsus o’quv yurtlarining bir turi. 16-asrning 2-yarmidan G’arbiy Yevropaning qator mamlakatlarida diniy o’quv yurtlarini Seminariya deb atay boshladilar. 17-asrda G’arbiy Yevropada o’qituvchilar tayyorlovchi Seminariyalar tashkil etilgan (1684 yil Frantsiyaning Reyms shahrida, 1695 yil Germaniyaning Galle shahrida). Seminariya 19-asrning 1-yarmida shveytsariyalik pedagog I.G. Pestalossi g’oyasi asosida rivojlandi. 1917 yilgacha Rossiya va Ukrainada boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlaydigan pedagogika o’quv yurtlari o’qituvchilar Seminariyasi deb atalgan.