Semiotika
Semiotika (Yun. semeiotikos — belgilar haqidagi ta’limot), semiolo- giya — 1) axborot, ma’lumotlarni saklash va uzatish uchun xizmat qiladigan belgi- lar va belgi tizimlarining umumiy Xu- susiyatlarini o’rganadigan fan sohasi; 2) u yoki bu ob’ektning 1ma’nodagi S. nuqtai nazaridan o’rganiladigan tizi- mi (mas, muayyan film yoki badiiy asar S.si, muayyan xalqdagi muomalamurojaat S.si va b.). Lingvistik S.dagi asosiy tushuncha lisoniy belgi bo’lib, u muayyan matnlar- dagi va muomala vaziyatidagi shakl va mazmunning dialektik birligi sifa- tida namoyon bo’ladi. Belgi o’zi shartli ravishda aloqador bo’lgan narsa haqida muayyan jamiyat vakillariga xabar bera- Di. Belgilarning eng muhim va murak- kab tizimi tilshunoslik o’rganadigan tildir. Belgi tizimlari tabiiy (inson tili, xayvonlarning belgi tizimlari) va sun’iy (yasama, sun’iy tillar, da- sturlash tili, fizika, kimyo, matema- tika va mantiqdagi ramzlar tizimi) bo’ladi. Belgilar va belgi tizimlarini o’rganishda sintaktika, semantika va pragmatika o’zaro ajratiladi. Sintak- tika nutqzanjirida yoki muayyan matnda ketma-ket, izchil qo’llanadigan til bir- liklari o’rtasidagi o’ziga xos munosa- batlarni o’rganadi. Semantika belgilar- ning ular ifodalaydigan ob’ektlar b-n munosabatini o’rganadi. Pragmatika esa belgilar, ular ifodalaydigan ob’ektlar hamda belgilar tizimidan foydalanuv- chilar o’rtasidagi munosabatni o’rganadi. S.ning “belgilar haqidagi fan” si- fatida umumiy kridalari, xususiyatlari dastlab amerikalik mantiqshunos Ch.S. Pirs va shveytsariyalik tilshunos F. de Sossyur asarlarida bir vaqtning o’zida va mustaqil ravishda qayd etilgan. Ushbu tushuncha uchun Ch.S. Pirs “S.”terminini. F. de Sossyur esa “semiologiya” termini- ni, qo’llagan. S. goyasi keyinchalik Ameri- Kalik faylasuf Ch. U. Morris tomonidan tartibga solinib rivojlantirildi. Bir qancha Evropa va rus olimlari ham S.ning rivojiga hissa qo’shganlar. Falsafiy fanlardan hisoblanadigan umumiy S. va maxsus semiotik fanlar, jumladan, til S.si (glottosemiotika yoki lingvosemio- tika) farklanadi. S. taraqqiyoti funktsi- onal struktur tilshunoslik taraqqiyoti b-n uzviy boglikdir. S. muammolarini ishlab chiqish matematik mantiq, matema- tik lingvistika, informatika va b. uchun xam muhim ahamiyatga ega. Ad.: Stepanov Yu. S, Semiotika, M., 1971. Abduvahob Madvaliev, Ibodulla Mirzaev.