Sen-Lui

Sen-Lui — Senegalning shimoliy g’arbiy qismidagi shahar. Senlui viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 132,5 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. Senegal daryosining Atlantika okeaniga quyilish yeridagi port. Savdotaqsimot markazi. Baliq ovlanadi. Oziqovqat, poligrafiya sanoatlari rivojlangan. Kustar usulda turli buyumlar tayyorlanadi. Universitet bor. Shaharga 1659 yilda asos solingan. 1958 yilgacha Senegal va ayni vaqtda Mavritaniyaning ma’muriy markazi bo’lgan.