Senat

Senat (lot. senatus — keksa) — 1) Qad. Rim Respublikasi davrida oliy hokimiyat organi; 2) Rossiyada 1711 — 1917 y.larda hokimlik qiluvchi S. — qonun chiqaruvchi va davlatni boshqaruvchi oliy davlat organi. 19-a.ning 1-yarmidan oliy sud organi; 1864 y.dan esa oliy kassasiya instantsiyasi. Bosh prokuror to- monidan boshkarib turilgan (uning o’zi 1802 y.dan Adliya vaziri). Senatorlarni imperator tayinlagan; 3) bir kancha dav- latlarda (Italiya, Frantsiya, AQSh, shu- ningdek, O’zbekistonda ham) parlament yuqori palatasining nomi. Odatda, quyi palataga nisbatan boshqacha tartibda say- lanadi. Federasiyalarda (mas, AQShda) har qaysi shtatdan 2 tadan senator sayla- nadi; odatda, senatorlarning 1/3 qismi har 2-3 yilda almashtirib turiladi. Ba’zi hollarda S. muayyan sud vakolatla- riga ega bo’ladi. O’zbekiston Respublikasida S. a’zo- lari (senatorlar) Qoraqalpog’iston Re- spublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo’shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo’li b-n Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sh.dan teng mik- dorda — 6 kishidan saylanadi. S.ning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, i.ch. sohasida, davlat va jamiyat faoli- yatining boshqa tarmoqdarida katta ama- liy tajribaga ega bo’lgan hamda alohida xizmat ko’rsatgan eng obro’li fuqarolar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majli- si S.ining (jami 100 senator) vakolat muddati 5 y. Uning faoliyati O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga, “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari to’g’risida”gi (2002 y. 4 apr.), “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida”gi (2002 y., 12 dek.) konstitusiyaviy qonunlarga, shuningdek, “O’zbekiston Re- spublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to’g’risida”gi (2003 y. 29 avg.) konunga muvofiq tashkil etiladi.