Sendast

Sendast [inglizcha sendust (Yaponiyadagi Senday shahri nomidan) va dust — chang, kukun] — temir asosidagi qotishma. Eng optimal tarkibi: 85% G’e (temir), 9,6% Si (kremniy), 5,4% A1 (alyuminiy). Sendastning magnit o’tkazuvchanligi, elektr qarshiligi va mexanik mustahkamligi yuqori, lekin mo’rt bo’ladi, osongina kukunga aylanib ketishi mumkin. Sendast radiotexnikada, magnit kallaklar va transformatorlarning o’zaklarini yasashda ishlatiladi. Ba’zan alsifer deb xam ataladi.