Senday
Senday — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu orolining shimoliy Sharqiy qismida. Aholisi 1 million kishi (2000). Miyagi Prefeturasining ma’muriy markazi. Avan-Porta — Siogama. Mamlakatning yirik sanoat shaharlaridan. Neftni qayta ishlash, elektrotexnika, yog’ochsozlik, elektronika mashinasozligi, to’qimachilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari; universitet bor. Kustar usulda badiiy buyumlar tayyorlanadi.