Sent-Jorjes

Sent-Jorjes — Grenada poytaxti. Aholisi shahar atrofi bilan 40 ming kishi. Iqlimi subekvatorial dengiz iqlimi, o’rtacha oylik temperatura 25-28°. Yillik yog’in 1500 mm. Karib dengizi sohilidagi port (chetga kakao, muskat yong’og’i, banan chiqariladi). Avtomobil yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat sanoati korxonalari, Vest-Indiya universiteti fakulteti bor. Turizm rivojlangan. Shaharga 1650 yilda asos solingan.