Septet

Septet (lotincha septetn — yetti) — 1) yetti ijrochi (sozanda yoki xonanda)dan iborat ansambl. Cholg’u Septet ko’pincha aralash tarkibiga ega bo’lib, torli, puflama musiqa cholg’ulari, fortepianodan tashkil topadi; 2) shu ansambl ijrosiga mo’ljallangan musiqa asari. Operada, odatda, final sahnalarida uchraydi (masalan, V. Mosartning “Figaroning uylanishi” operasining 2-akt finalidagi Septet). Cholg’u Septet kamer musika turi bo’lib, syuita, ba’zida Sonata turkumi shaklida yoziladi (L. Betxoven, P.Xindemit, I. Stravinskiy Septetlari).