Serisitlanish

Serisitlanish – serisitning past trali gidrotermal eritmalar ta’sirida plagioklaz va boshqa minerallar o’rnini egallash jarayoni. Bunda serisit ko’pincha yupqa disperslangan kaliyli gidroslyudalar va illitlar ko’rinishida hosil bo’ladi. Bu o’zgarishlar birlamchi (ayniqsa, dala shpagi) va ikkilamchi (andaluzit, xlorit va boshqalar) alyumosilikatli minerallarda ko’proq rivojlanadi. Gidrotermal Serisitlanish kvarslanish va piritlanish bilan birga namoyon bo’lib, mis, rux, qo’rg’oshin, kumush, simob kabi sulfidli, ba’zan noruda foydali qazilmalar bilan chambarchas bog’liq. Berezit, listvenit, propilit, kvarsit, greyzen kabi nordon va o’rta jinslarda o’zgarishlar uchun xos.