SEY QONUNI
SEY QONUNI – unga asosan jami taklif o’zining jami talabini yuzaga keltiradi, shuning uchun jami taklif va jami talab bir-biriga mos keladi, degan makroiqtisodiy tamoyilga asoslanadi. Agar shunday bo’ladigan bo’lsa, tovarlar keragidan ko’proq ishlab chiqarilmaydi. Masalan, ishlab chiqaruvchi 2000 so’mlik mahsulot sotsa, bir vaqtning o’zida u o’ziga zarur bo’lgan tovarlardan 2000 so’mlik xarid qilishi mumkin. U o’zining talabini yuzaga keltirmoqda, ya’ni taklif 2000 = talab 2000. Shu bois iqtisodiyotni tartibga solishga davlat aralashmasligi kerak, degan xulosa ilgari surilgan.