SEYSMOBARDOSH QURILISH

SEYSMOBARDOSH QURILISH, zilzilabardosh qurilish — seysmik (zilzila botbot sodir bo’lib turadigan) hududlarda bunyod etiladigan bino va in- shootlarni zilzila kuchi (seysmik kuch- lar) ta’siriga bardoshli qilib qurish. Er kurrasining qaysi hududida qanday kuch b-n zilzila sodir bo’lishi mumkin- ligi seysmik hududlashtirish xarita- larida belgilab qo’yilgan. O’zbekiston hududi ham seysmik hududlar jumla- siga kiradi, uning uchun ham seysmik hududlashtirish xaritalari tuzilgan. Mazkur xaritalarda Toshkent, Andijon 9 balli, Farg’ona, Namangan va Samarqand 8 balli, Buxoro 7 balli hudud (zona) ga kiritilgan va h.k. Bino va inshoot- lar o’sha hududda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan zilzila kuchiga bardoshli qilib loyihalanishi va qurilishi kerak. Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash uchun maxsus antiseysmik cho- ratadbirlar qo’llaniladi (buning nati- jasida bino va inshootlarning tannarxi 3-10% ortadi). Zilzilabardosh bino, inshootlar va metropoliten loyihasida ularning tarhidagi ko’rinishi iloji boricha sod- da bo’lishi kerak, chunki tarhi aylana, kvadrat yoki to’g’ri to’rtburchak shaklidagi binolar murakkab shaklli bino va in- shootlarga nisbatan zilzilabardoshroq bo’ladi. Agar me’morlik yoki foydala- nish talablariga ko’ra, murakkab shak- ldagi bino va inshootlar qurish lozim bo’lsa, u holda ularni antiseysmik cho- klar vositasida oddiy shaklli qismlarga ajratiladi. G’ishtin devorli binolarda barcha yuk ko’taruvchi konstruktsiyalar (bo’ylama va ko’ndalang devorlar, yopmalar) birbiri b-n mustahkam bog’langan holdagina bino yaxlit fazoviy konstruktsiya sifatida zilzila kuchlariga qarshilik ko’rsatadi. Agar bu bog’lanish mavjud bo’lmasa yoki zaif bo’lsa, bo’ylama devorlar ko’ndalang devorlardan ajralib ketishi va ba’zi hollarda qulab tushishi mumkin. Devor qulagach, orayopmalar ham butunlay yoki qisman bosib qoladi. Antiseysmik cho- ralar qo’llanmagan binolarda bunday hodisalar ko’plab uchraydi. Binolarni zilziladan beshikast asrab qolish uchun maxsus choralar ko’riladi. Mac, bino- ning perimetri bo’ylab antiseysmik kamarlar ishlanadi, yopmalar birbiriga va devorlarga puxta bog’lanadi, devor burchaklariga hamda kesishuv erlariga armatura qo’yiladi va h. k. G’ishtin de- vorlarni tiklashda devor orasiga verti- kal yo’nalishda temirbeton elementlar — o’zaklar qo’yib, kompleks konstruk- tsiya hosil qilinadi. G’ishtin devor- lar ostiga qo’yiladigan gidroizolyasiya qatlami tsement qorishmadan ishlanadi; bu maqsadda tol ishlatish tavsiya etil- maydi. Yirik panelli binolarni yuqori darajada mexanizasiyalashtirish imko- niyati katta bo’lganligidan binokorlik- ning bu uslubi seysmik va noseysmik hududlarda keng qo’llaniladi. Bino VAZ- nining engilligi (g’ishtin devorli bi- nolarga nisbatan 1,2—2 baravar engil), devor materialining mustahkamligi, yuk ko’taruvchi konstruktsiyalarning sodda- ligi va yuk (kuch) ning butun sirtga bir me’yorda tarqalganligi tufayli Seys- mik zonalarda shunday binolar ko’plab quriladi. Seysmik hududlarda qo’llaniladigan tashqi devor panellarining konstruktsi- yasi 1 va 3 qatlamli bo’lishi mumkin. Bir qatlamli panellar keramzit beton yoki engil betonlarning boshqa turlaridan tayyorlanadi. Uch katlamli panellarning 2 chetki qatlami temirbetondan ishlanib, o’rta qatlami mineral paxta, ko’pikbeton singari issiqsovuq o’tkazmaydigan ma- teriallardan tayyorlanadi. Yopma panel- lari xona o’lchamida yasalib, to’rttala qirrasi b-n devorga tayanadi. Tarix sinovlaridan o’tgan zilzila- bardosh konstruktsiyalardan biri sinchli imoratlardir. Bunday imoratlar O’rta Osiyoda juda kadim zamonlardan beri ku- rilib kelingan. Sinchlar turli yog’och ma- teriallardan ishlangan. Endilikda ko’p qavatli binolar yog’och sinchlardan emas, ggo’lat yoki temirbeton sinch (karkas)lar- dan qurilmoqda. Yangi materiallarning mexanik xossalari yog’och materiallardan ancha farq qilganidan bulardan ishlana- digan sinchlarning konstruktiv sxema- lari ham boshqacha bo’ladi. Bino sinchi ustun, to’sin va yopmadan tashkil topadi; ular o’zaro mustahkam biriktirilgach, yax- lit fazoviy tizimni hosil qiladi. Ti- zim elementlari ham vertikal, ham gori- zontal (seysmik) kuchlarni qabul qiladi. Sinchlar orasiga g’ishtin devor uriladi. O’zbekistonda ham temirbeton kar- kasli binolar qurish keng tarqalgan. Seysmik hududlarda metall karkaslar- dan foydalanish ham yaxshi iqtisodiy samara beradi. Metall konstruktsiyalar mustahkam va engil bo’lganligidan zil- zilabardosh binolar bunyod etishda juda qo’l keladi. Pekin metall konstruktsi- yalarning zanglash, yuqori tralarda yuk ko’tarish xususiyatini yo’qotish kabi kamchiliklari ham bor. Zilzila payti- da yong’in chiqishi mumkin, shuning uchun metall qismlar o’tga chidamli material- lar b-n qoplanadi. Mac, Toshkentning Amir Temur hiyobonidagi 17 qavatli “O’zbekiston” mehmonxonasining 1 va 2 qavati yopmalari monolit, 3-17 qavatlariniki yig’ma temirbetondan ish- langan. Ichki devorlar yig’ma temirbe- ton, tashki devorlar esa keramzitbeton panellardan qurilgan. Chet el binokorligida tashki de- vorlar uchun engil osma panellar keng qo’llaniladi. Engil panellar kam qavatli binolarda ham, ko’p qavatli osmono’par binolarda ham juda keng tarqalgan. Xorijiy mamlakatlarda osma panellar, odatda, kup katlamli qilib tayyorlanadi. Panelning yuk ko’taruvchi qismi alyuminiy yoki po’lat karkas bo’lib, tashki va ichki tomonidan yupqa listlar b-n qoplanadi. O’rtasiga plastmassa, oyna yoki mineral paxtadan izolyasiya kat- lami joylanadi. Bunday panellar engil (50 kg/m2) bo’lganligidan katta o’lchamli (mas, 2-3 qavat balandlikda) qilib ish- lanadi. Engil panellarni ta’mirlash jarayonida ularni osongina almashti- rish mumkin. Panel juda tez montaj qilinadi, chunki panel karkasga Bolt- lar yordamida biriktiriladi. Seysmik hududlarda quriladigan bino, inshootlar va metropolitenni loyihalash jarayonida ular odatdagi statik kuchlardan tashqari, qo’shimcha ra- vishda seysmik kuchlar ta’siriga ham hisoblanadi. O’zbekistonda 1996 y.gacha sobiq umumittifoq miqyosida amalda bo’lgan SN va P II—7—81 (qurilish me- ‘yorlari va qoidalari)dan foydalanib kelindi. 1996 y. 1 martdan e’tiboran respublikada yangi qurilish me’yorlari va qoidalari joriy etildi, 1997 y.da zilzila kuchini aniklash uchun seysmik shkala — O’zbekiston Respublikasi Stan- darti (o’z RST 836-97) qabul qilindi. S.q.ga doir i.t. ishlariga K.S. Zavriev (Tbilisi), M. T. O’rozboev, T. R. Rashi- dov (Toshkent), A. G. Nazarov (Erevan), E. F. Savarenskiy, S. V. Polyakov va I. L. Korchinskiy (Moskva) va b. olimlar katta hissa qo’shgan. O’zbekistonda S. q.ga M. T. O’rozboev asos solgan. S.q. sohasida O’zbekiston FA Mexanika va inshootlar- ning seysmik mustahkamligi inti, Seys- mologiya in-ti va ba’zi aktsiyadorlik ja- miyatlarida i.t. ishlari olib boriladi. Ad.: Rukovodstvo po proektirovaniyu seysmostoykix zdaniy i soorujeniy, t. 1-4, M., 1968-71; Seysmostoykoe Stro- itelstvo zdaniy, M., 1971; Rashidov T., Murakkab tizimli er osti inshootlari zilzila bardoshligining dinamik naza- riyasi, T., 1972; Hobilov B. A., Inshoot- lar dinamikasi va zilzilabardoshligi, T., 1988; Rashidov T. (Eshonxujaev A. A. b-n birga), Seysmostoykost tonnelnix konstruktsiy metropolitena melkogo za- lojeniya, T., 1993. Tursun Rashidov, Botir Hobilov.