SEYSMOLOGIYA INSTITUTI

SEYSMOLOGIYA INSTITUTI, O’zbekiston FA G’. Mavlonov nomida- gi Seysmologiya instituti — zilzi- lalar, ularning sodir bo’lish sababla- ri va oqibatlari, ularni oldindan bilish va b. seysmik masalalar b-n shug’ullanadigan i. t. muassasasi. 1966 y. tashkil etilgan, 1990 y. unga G’. O. Mavlonov nomi berilgan. Int olim- lari zilzila darakchilarini o’rganish asosida zilzila sodir bo’lishini ol-dindan bilish, seysmik hududlashtirish va mikrohududlashtirishning ilmiy asoslari va usullarini yaratish, tex- nogen seysmiklik, seysmik xabarni baholash borasida ilmiy va amaliy ish- lar olib boradi. Int tarkibida 11 ta i.t.lab. (hududiy seysmiklik va seysmik hududlashtirish; seysmotektonika; Geo- dinamika; hududiy muhandislik Geolo- giyasi; gidrogeoseysmologiya; geofizik maydonlar o’zgarishi; muhandislik Seys- mologiyasi; zilzila o’chog’i fizikasi, tex- nogen seysmiklik, matematik modullash va seysmik izlanishlarni avtomatlash- tirish), kompleks ekspedisiya, geografiya bo’limi, ilmiy texnika ma’lumotlari va patentlisenziya bo’limlari, kutubxona (50 mingga yaqin asar), F. O. Mavlonov muzeyi (1990) bor. Shuningdek, in-t tar- kibida “Toshkent” Markaziy seysmik st- yasi (1901), Parkent magnitoionosfera rasadxonasi (1924), respublikaning bar- cha viloyatlarida joylashgan 22 ta Seys- mik, 10 ta kompleks prognoz va 32 ta tur- li kuzatuv st-yalari mavjud. Int olimla- ri tomonidan O’zbekiston xududi umumiy va mukammal seysmik hududlashtirish, ko’pgina shaharlar, yirik gidrotexni- ka inshootlari va qurilish maydonla- rini hududlashtirishning xaritalari tuzildi, 1966 yilgi Toshkent zilzilasi sabablari ilmiy jihatdan o’rganiddi, zilziladan oldin er osti suvlari tar- kibidagi gaz va turli kimyoviy element- lar miqdori o’zgarishi kashf etildi, er osti suvlaridagi radon gazi miqdorini o’lchaydigan asbob yaratildi va b. In-tda 370 xodim, jumladan, 2 O’zbekiston FA akad., 15 fan D-ri va 30 fan nomzodi ish- laydi. Int faoliyati F. O. Mavlonov, Q. N. Abdullabekov. A. N. Sultonxo’jaev, V. I. Ulomov, M. X. Boqiev, S. M., Maqsudov, R. N. Ibrohimov, S. M. Qosimov va b. olimlar nomi b-n bog’liq.