SHAHNOZ

SHAHNOZ — 1) o’n ikki maqom tizimida olti ovozaning biri; 2) Gulyor- Shahnoz turkumining ikkinchi ashulasi. Uning asosida “Farg’onacha Shahnoz” ashulasi ham yaratilgan, M. Mahmudov uni yakkaxon xonanda, xor va orkestr uchun “Vatan Shahnozi” nomi bilan qayta ishlagan.