SHARIPOV LATIF KARIMOVICH

SHARIPOV LATIF KARIMOVICH (1943.10.8, Peshku tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2000). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1966). 1966 yildan Peshku tumanidagi 14-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi, direktor o’rinbosari, o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi, 2000 yildan tuman xalq ta’limi bo’limi davlat ta’lim standartlari monitoringi mutaxassisi.