Sharp (Sharpe) Vilyam

Sharp (Sharpe) Vilyam (1934) — amerikalik iqtisodchi, Berklidagi Kaliforniya universitetini tugatgan, filosofiya Doktori (1961). Rend korporatsiyasida iqtisodchi, Vashington universiteti, 1973 yildan Stenford universiteti professor. 1980 yilda Amerika moliya uyushmasi (ag’a) prezidenti bo’lib saylangan. Sharp turli boylik shakllarini okilona uyg’unlashtirish (portfel yondashuvi) nazariyasi asoschilaridan biri. 20-asrning 60-yillarida moliya bozorlarida kapital aktivlar narxlarining shakllanishi modelini yaratgan. Asosiy asarlari: “kapital aktivlar narxi. Xatar sharoitida bozor muvozanati nazariyasi”, 1964; “investitsiya portfeli nazariyasi va kapital bozorlari”, 1970; “investitsiyalar”, 1978; “aktivlarni joylashtirish vositalari”, 1985; “investitsiya kiritish asoslari”, 1989. Nobel mukofoti laureati (1990; E. Markovich va M.Miller bilan birga).