Shayboniy Muhammad

Shayboniy Muhammad (to’liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn alhasan) (749, Iroqning Vosit shahri — 805, Ray shahri yaqinida) — faqih, Musulmon huquqini tizimga solib, tartib beruvchilardan biri. Abu Hanifa, Abu Yusuf, molik ibn Anasdan saboq olgan. Bag’dodning eng e’tiborli faqihlaridan biri sanalgan, Rakka shahri qozisi etib tayinlangan. Abu Hanifa ilmiy merosini to’plagan. Fiqhga oid almabsut (2-nomi — Kitob alasl filfuru) to’plamini tuzgan va unga “kitob azziyodat”ni qo’shimcha qilgan. Fiqh bo’yicha katta ma’lumotnoma — “kitob al jome al- Kabir” va kichik ma’lumotnoma — “Kitob al jome assag’ir”ni, shuningdek, harbiy xuquqqa oid asar va boshqalarni yozgan. Shayboniy Molik ibn Anasning “almuvatta” (ommaviy, barchaga tushunarli ma’nosida) asarining tuzuvchi va sharxlovchisidir. Shayboniyning shogirdlari orasida eng mashhuri Muhammad ash-Shofi’iy hisoblanadi.