“Shayboniynoma”

“Shayboniynoma” – tarixiy- jangnoma doston. Muxammad Solih asari. 1506-07 yillarda yozilgan. Doston Shayboniyxonning (1451 — 1510) yurishlari tasviriga bag’ishlangan. “Shayboniynoma” 8902 misradan iborat bo’lib, 76 bobdan tashkil topgan. 16 bob Dostonning muqaddimasi, shundan 1—3-boblar hamd va na’tlardir. 4-bob so’z ta’rifiga, 5—14-boblar Shayboniyxonning tavsif va ta’rifiga bag’ishlangan; 15-bob esa “Kitob nazmining sababi” bayonidadir. 16-bob Mullo Abdurahim haqida. Asarning syujeti — asosiy qismi 17-bobdan boshlanadi. Keyingi boblarda 1499— 1500; 1505-06 yillarda ro’y bergan tarixiy voqealar xronologik izchillikda bayon etilgan. Dostonda 16-asrning boshlaridagi O’rta Osiyo xalqlarining turmush tarzi, kasbkori, harbiy hunariga doir qiziqarli ma’lumotlar ham mavjud. Dostonda Sulton Mahmud, Temur Sulton, Bobur, Husayn Boyqaro, Boqi Tarxon, Sulton Ali, Badiuzzamon singari o’nlab tarixiy siymolar ham tasvirlangan. Ad.: O’zbek adabiyoti tarixi [5J.li], 1J., 1977.