Shermuhamedov Said

Shermuhamedov Said (1930.12.5, Qorako’l tumani) — faylasuf olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980), falsafa fanlari Doktori (1973), professor (1978). Samarqand universitetini tugatgan (1953). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi falsafa va huquq bo’limida kichik ilmiy xodim (1957-58), falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodim (1958-60), ilmiy kotib (1960-61), direktor o’rinbosari, sektor mudiri (1961-64). O’zbekiston KP MK fan va madaniyat bo’limi mudiri o’rinbosari (1964-65), madaniyat bo’limi mudiri (1965-70). O’zbekiston Maorif vaziri (1970-84), O’zbekiston Pedagogika ilmiy tekshirish institute direktori (1984-85), ToshDU falsafa ftida kafedra mudiri (1985— 2002), professor (2002 yildan). Ilmiy ishlari madaniyat nazariyasi va boshqalar muammolarga bag’ishlangan. O’zbekiston Falsafa jamiyati prezidenti (1990 yildan). Beruniy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992). “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan (1995). As: na yazike edinstva, T., 1991; Mustaqillik — buyuk ne’mat, T., 1997; Filosofiya cheloveka, T., 2001; istiqlol quyoshi, T., 2002.