Sherolg’in, Tarxun

Sherolg’in, Tarxun — murakkabguldoshlar oilasi shuvoqlar turqumiga mansub ko’p yillik o’simlik turi. Yevrosiyo va shimoliy Amerika, Sibir, O’rta Osiyo va Qozog’istonda keng tarqalgan. Ko’plab mamlakatlarda ziravor ekin sifatida ekiladi. O’zbekistonning hamma viloyatlarida tog’lar etagidan to yuqori qismigacha bo’lgan shag’alli qiyaliklarda o’sadi. Bo’yi 80 santimetr, poyasi bir nechta, tik, sarg’ish yoki qizg’ish. Barglari butun, nashtarsimon, yosh barglari tuk bilan qoplangan. Gullari mayda ochsariq yoki qizg’ish, ro’vaksimon to’pgulga yig’ilgan. Mevasi to’q jigarrang yoki qoramtir pista. Sherolg’inning gullab turgan yuqori qismi va barglari tarkibida efir moyi (0,1—0,72%), karotin (15-41,8 mg%), S vitamini (190 mg%), oz miqdorda Alkoloidlar va boshqalar bor. O’zbekistonda 1988 yildan barcha viloyatlar uchun rayonlashtirilgan Gribovskiy (N31) navi ekiladi. Xalq tabobatida yer uetki qismi ishtaha ochish, ovqat hazm qilishda hamda istisqo, lavsha va boshqalar kasalliklarni davolashda qo’llaniladi. Gijja haydash xususiyatiga ham ega. Xushbo’y va xushta’mligi tufayli oshko’k sifatida ham foydalaniladi. Uni chorva mollari xush ko’rib yeydi.