Sheroz miniatyura maktabi
Sheroz miniatyura maktabi — Eron tasviriy san’atidagi yo’nalish. 14-asr 1-yarmida Sherozda yuzaga kelgan; bu davrda yaratilgan asarlar devoriy rasmlar mujassamotiga yaqin, ularda shakllar yirik, manzaralar umumlashma bo’lib, tilla, qizil va sariq ranglar etakchilik qiladi. 14-asr oxiri — 15- asr boshlaridan yaratilgan asarlar matn va qo’lyozma bezaklari bilan uyg’unlashib, murakkab ko’p shaklli mujassymotlar ortdi, kishilar va manzaraga e’tiborning qaratilganligi, nafis rasmlar, ranglarga boyligi bilan ajralib turadi (Nizomiy, “Xamsa”, 1479 va 1491, Rossiya milliy qutubxonasida). 16-asrda Sheroz miniatyura maktabi vakillarining asarlari mayin, nozik ranglar gammasi, mujassamotlar qismlarigacha o’ta aniqlikda ishlanishi bilan diqqatga sazovor (Nizomiy, “Xamsa”, 1532-42, Ermitajda va boshqalar).