Shirchoy

Shirchoy — choy va sutdan nonushta uchun tayyorlanadigan issiq ichimlik. Qozonga 0,5 l suv quyib qaynatiladi. So’ngra 2-3 choy qoshiq quruq choy solinadi, shamasi yozilgach, 2,5 l sut va ozroq tuz solib yana 8-10 minut qaynatiladi. Shirchoyni qaymoqdan ham tayyorlash mumkin. Qozondagi qaynatilgan 1,5— 2 l suvga 2-3 choy qoshiq quruq choy solib qaynatiladi, so’ngra qaymoq (1 kilogramm) aralashtirib, ta’bga qarab tuz solinib, yana 3-4 minut qaynatish davom ettiriladi. Tayyor Shirchoy piyolalarda nonushta dasturxoniga tortiladi.