Shirinmiya, qizilmiya
Shirinmiya, qizilmiya — bug’doydoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Poyasi tik, bo’yi 50-20 santimetr, shoxlangan, ba’zan shoxlanmagan, tuklar bilan qoplangan. Ildizi o’qiddiz, shoxlangan, 5—6 metr chuqurlikkacha boradi. Barglari toq patsimon, uzunligi 8-20 santimetr. Gullari qiyshiq (zigomorf), ikki jinsli. Mevasi 3-7 urug’li dukkak. Urug’i qattiq, mayda, silliq, mosh rang. Aprelning oxiridan iyungacha gullaydi. Avgustda pishadi. Asosan, Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Daryo yoqalarida, ariq va zovur bo’ylarida, qumloq erlarda, tog’yon bag’irlarida, ba’zan 2500 metr balandlikkacha bo’lgan yerlarda, kam va o’rta sho’rlangan tuproqlarda ham o’sadi. Amudaryo, Sirdaryo, Ural va Ili to’qayzorlarida Shirinmiyaning katta maydonlarni egallagan o’tloqzorlari uchraydi. Shirinmiya qadimdan qimmatbaho dorivor o’simlik sifatida ma’lum. Uning ildizi tarkibida gormonal faol glisirrizin, saxaroza, fruktoza, glyukoza, oshlovchi moddalar, 30 ga yaqin flavonoidlar va boshqalar bor. Tibbiyotda Shirinmiyaning ildizi va ildiz poyasidan tayyorlangan dorilar bilan yallig’lanish. allergiya, zaharlanish, Addison kasshtligi, bod, belangi, bo’g’ma, sil, chipqon, ekzema va boshqalar kasalliklar davolanadi. Shuningdek, oziqovqat, kimyo va kon metallurgiyasi sanoatida ham ishlatiladi. Shirinmiyaning poyasi tarkibida ko’p miqdorda oqsil, yog’, qand, karotin, vitamin S va boshqalar borligidan qimmatbaho yem- xashak hisoblanadi. Undan yaxshi pichan va silos tayyorlanadi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi “Botanika” ilmiy ishlab chiqarish markazida Shirinmiyaning serhosil, qurgoqchilikka va tuproq sho’rlanishiga chidamli shakllari yaratilgan; urug’i va ildizpoyasidan ko’paytirish usullari, afotexnikasi ishlab chiqilgan; yiliga 2 marta hosil olish mumkinligi isbotlangan.