“Shirmonbuloq”

“Shirmonbuloq” – turistik baza. Xo’jaobod tumanisat Shirmonbuloq qishlog’iga yondosh Chilustun tog’lari bag’rida joylashgan. 1972 yilda tashkil etilgan. Ekologik turizm yo’nalishi bo’yicha yilning may — sentyabr oylarida sayyohlarga xizmat ko’rsatadi. Chilustun tog’lari daralari va Andijon shahriga sayohatlar uyushtiriladi. “Shirmonbuloq”da 2, 3, 4 kishilik kottej va palatkalar bo’lib, bir vaqtda 252 nafar turistni qabul qiladi. Turistlar uchun oshxona, ijara xonasi va boshqalar maishiy xonalar bor.