Sholi

Sholi (Oguxa) — boshoqdoshlarga mansub bir va ko’p yillik o’simliklar turkumi, don ekini. 20 ga yaqin turi asosan Janubiy va Sharqiy Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya tropiklari va subtropiklarida o’sadi. Dehqonchilikda tropik, subtropik va mo’tadil poyasning iliq mintaqalarida bir yillik ekma Sholi (O. zapua) turi ekiladi. Eng qadimiy oziqovqat ekinlaridan biri. Janubiy Sharqiy Osiyoda bundan 7 ming yil muqaddam ekilgan. Sholikorlikning eng qadimiy makonlari Hindiston va Xitoy. O’rta Osiyoda miloddan avvalgi 3-2-asrdan, Yevropada 8-asrdan, Amerikada 15-16-asrdan ekila boshlagan. G’arbiy Afrikada yalang’och donli yoki Afrika Sholisi turi ham ekiladi, yovvoyi o’sadigan turlari — nuqtali Sholi (O. rip- s1a1a) va qisqa qiltiqli Sholi ovqatga ishlatiladi. Jahonda Sholi ekin maydonlari 155,5 million gektar (115 dan ortiq mamlakatda ekiladi), hosildorligi 38,4 ts/ga, yalpi hosil 596,4 million tonnani tashkil etdi (1999). Asosiy Sholi yetishtiradigan mamlakatlar: Xitoy (31,7 million gektar, hosildorlik 63,2 ts/ga, yalpi hosili 200,4 million tonna), Hindiston (44,8 million gektar, hosildorlik 29,2 ts/ga, yalpi hosili 131,2 million tonna), Indoneziya (11,6 million gektar, hosildorlik 42,9 ts/ga, yalpi hosili 49,5 million tonna) (1999). O’zbekistonda ekin maydoni 101,3 ming gektar, hosildorlik 28,3 ts/ga, yalpi hosil 287 ming tonna (2003). Bulardan tashqari, Bangladesh, Vetnam, Myanma, Filippin, Braziliya, Pokiston, Kambodja, Yaponiya, AQSh, Koreya mamlakatlarida, Ukraina janubida, Shimoliy Kavkaz, Quyi Volga, Qirg’iziston va Qozog’istonda ham Sholi yetishtiriladi. Sholining ildizi popuk ildiz, uzun (1 metrgacha). Poyasi poxolpoya, 50 santimetrdan 3-5 metrgacha. Asosan, 3-5, siyrak ekilganda va ko’p oziqlantirilganda 30 va undan ortiq poya chiqaradi. Yotib qolmaydigan navlarining poyasi mustahkam. Bargi yashil, qizg’ish yoki binafsha rang, to’pguli Shingil, bo’yi 10-30 santimetr, o’zidan changlanadi. Bir gulli boshoqchalari 2-tartib shoxchalarida joylashgan. Mevasi po’st (parda) li don; doni uzun ensiz (hind Sholisi) yoki dumaloq enli (yapon Sholisi); sindirilganda oq, shishasimon, yarim shishasimon yoki unsimon. 1000 ta doni og’irligi 26-45 gramm. Har xil tur va navlarni uzoq asrlar davomida qayta-qayta chatishtirish natijasida har bir mamlakatning tuproqiqdim sharoitiga mos Sholi navlari va shakllari paydo bo’lgan. Sholi bahori issiqsevar va yorug’sevar qisqa kun o’simligi, urug’i tuproq harorati 10-12° bo’lganda unib chiqadi, 22-27° da yaxshi o’sib rivojlanadi. Vegetatsiya davri 120-130 (O’zbekistonda 100-145) kun, Sholi sug’orib o’stiriladi (sug’orish normasi 16-24 ming m3/ga). Tuplanish, naychalanish davrida 5-25 santimetr qalinlikda suv bostiriladi. Mum pishiqlik davrida suvchiqarib tashlanadi. Sholi qora, kashtan, botqoq tuproqlarda yaxshi o’sadi. Jahondagi ko’pgina (asosan, Osiyo) mamlakatlarda ekiladigan asosiy don ekini va aholining asosiy oziq-ovqati (2004 yil BMT tomonidan “sholi yili” deb e’lon qilindi). O’zbekistonda tantana, to’y-bayramlarda guruchdan tayyorlanadigan palov zaruriy taom hisoblanadi. Doni (guruchi) oq, qizil, qora rangda, to’yimli, tarkibida 76,1% kraxmal, 17— 24% amilaza, 2,6% oqsil, 3,9% qand, 1,8% dekstrin, 1 — 1,5% yog’, 1,4% kul va 0,2% kletchatka, V,, V2, RR vitaminlari bor. Donidan guruch, kraxmal, moy (Murtagidan), spirt, pivo, turli ovqatlar tayyorlanadi; ko’pchilik xalqlarda non o’rnini bosadi. Poxolidan sifatli qog’oz, karton, arqon, to’qilgan buyumlar, savat, shlyapa va boshqalar tayyorlanadi. Terti (kepagi) mollarga beriladi. Sholi sug’orish va almashlab ekish tizimida o’stiriladi. O’zbekistonda Sholi sho’rlanmagan yoki turli darajada sho’rlangan yerlarga bahorda, aprelning 2-yarmida ekiladi (ba’zi mamlakatlarda niholi ko’chat qilib yetishtiriladi). O’zbekiston sharoitida Sholi ekiladigan maydonlarga gektariga 120-180 kilogramm 14, 120-150 kilogramm R205, 100-150 kilogramm K20 solinadi, suv bir me’yorda ushlab turiladi, keyinchalik 10 santimetrgacha ko’tariladi, Sholi sarg’ayib pishishiga yaqin suv berish to’xtatiladi. Pishgan Sholi yoppasiga kombaynlar bilan o’rib-yig’ib olinadi. Navlari: Sholining 10 mingdan ortiq navi bor. O’zbekistonda ilmiy asosda Sholi navlari yaratish 1930-yillardan boshlandi. 90-yillardan O’zbekiston sholikorlik institutida chiqarilgan ertapishar, serhosil (potentsial hosildorligi 60-95 ts/ga), sifatli guruch olinadigan Avangard, UzROS 713, Nukus 2, Lazurnmy, Alanga, Istiqbol, Istiqlol, Tolmas, arpa sholi (“devzira”), sanam va boshqalar 14 dan ortiq navlari ekiladi. O’zbekiston sholikorlik institutida sholikorlikni rivojlantirish, yangi navlarni yaratish, hosildorlikni oshirish, Sholi yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo’yicha yirik ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. Zararkunandalari: sholi pashshksi, sholipoya uzunburuni, qirg’oq chivini va boshqalar Kasalliklari: pirikulyarioz, ildiz chirishi, gel’mintosporioz, nematoda kasalliklari, fuzarioz va boshqalar Ad.: Sholikorlik, T., 1967; Zaurov D.E., Sborshikova M.P., Risovodstvo, T., 1989; Umarov Z.U., Zaurov D.E., Kultura risa s peresadkoy, T., 1989. G’iyos Rahimov.